Telefon: 8 (366) 233-12-53, Faks: 8 (366) 233-38-72

headeruz

Axborot texnologiyalari kafedrasi

User Rating: 0 / 5

Star InactiveStar InactiveStar InactiveStar InactiveStar Inactive
 
“Axborot texnologiyalari”kafedrasi

 


zaynalov

 
 
 
               Kafedra mudiri: f.-m.f.n. dotsent Zaynalov Nodir Rasulovich
 
               Telefon: (99890) 250-32-07

               Elektron manzil: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

 
 
 
 
Axborot texnologiyalari kafedrasi tarixi
 
            Kafedraning tarixi 1979 yildan boshlanadi. Shu davrgacha hisoblash texnikasi va ulardan iqtisodiy axborotlarni ishlashda foydalanishga doir barcha          fanlar (hisoblash mashinalari, hisoblash texnikasi, iqtisodiy axborotlarni mashinasida ishlar, avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlari va h.k.) buxgalteriya hisobi kafedrasi (hozirgi buxgalteriya hisobi va audit) tarkibida o‘qitilar edi.
            1970 yillarga kelib institutda talabalar kontingenti keskin o‘sishi sababli o‘quv yuklamalari ko‘payishi natijasida hamda zamonaviy talablarga muvofiq axborotlarni avtomatlashtiriga e’tibor kuchaydi va oliy ta’lim sohasida shu borada yangi – yangi fanlar paydo bo‘ldi. Natijada buxgalteriya hisobi kafedrasi tarkibi nihoyat darajada kengayib ketmasligi uchun 1979 yili 1 fevralda institutda 26 yanvar 12 “L” buyrug‘i bilan yangi kafedra “Iqtisodiy axborotlarni mashinada ishlash” tashkil topdi.
            Mazkur kafedraga dotsent Abdullayev Rajab (keyinchalik professor) kafedra mudiri etib tayinlandi. Kafedra tarkibiga bir yo‘la hisoblash texnikasi laboratoriyasi qo‘shib berildi. Keyingi bir – ikki yilda kafedra zamonaviy texnikalar bilan ta’minlandi. Bu borada sentrosoyuzning roli behisob katta bo‘ldi.
            Kafedra tashkil etilganda o‘qituvchilar tarkibi dotsent Abdullayev R.A., dotsent Nerling Ye.G., dotsent Siddiqov Yu.M., katta o‘qituvchi Abbasov M.G., assistentlar Danilchik D.A. va Mazneva V.V. lardan iborat edi. Hisoblash texnikasi laboratoriyasi xodimlari bilan kafedra xodimlari soni 10 – 12 kishini tashkil etardi.
            Kafedrada yuqori malakali kadrlarni tayyorlash maqsadida ilmiy – pedagogik kadrlarni tayyorlashga va ishga jalb qilishga katta e’tibor berildi. Birinchi navbatda Buxgalteriya hisobi yo‘nalishini a’lo bitirgan va Samarqand viloyati matlubot kooperatsiyasida bosh buxgalter lavozimida ishlab turgan Ibragimov Nozir Aliyevich ishga taklif etildi. Keyinchalik Sentrsoyuzning Lvov Savdo – iqtisod institutining “Mashinada iqtisodiy axborotlarni ishlash” mutaxassisligini bitirgan Abdukarimov Vyachislav Ismatovich bizni iltimosimizga binoan Sentrsoyuznin kadrlar tayyorlash boshqarmasi tomonidan bizga yuborildi va o‘z ishini kafedraning kabinet mudirligidan boshladi.
            Institut va kafedraning ilmiy – pedagog kadrlar tayyorlash oqilona siyosati natijasida Ibragimov N.A. va ABdukarimov V.I. lar ketma – ket Moskva Moliya Akademiyasida aspirantura va doktoranturani o‘tab oqibat natijada iqtisod fanlari doktori unvonlariga ega bo‘ldilar va qariyb 15 yillar mobaynida kafedrada samarali ishladilar.
            Bugungi kunda N.A.Ibragimov yirik korxona rahbari va institutning “Moliya va sug‘urta xizmatlari” kafedrasi professor (0,5 stavka) sifatida xizmat qilib kelmoqda. V,I.Abdukarimov esa Tambov Davlat Universitetining professori va birlashgan ilmiy kengashning ilmiy kotibi sifatida ishlab kelmoqda.
            Kafedra o‘z faoliyatini o‘quv – uslubiy, ilmiy – tadqiqot, yuqori darajadagi tarbiyaviy ishlar va amaliyot bilan uzviy bog‘liqlik yo‘nalishlarini zamonaviy talablarga javob berishi borasida tinmay yangiliklarga ergashgan holda olib bordi. Buning samarasi sifatida talabalarning o‘zlashtirish darajasi 90 – 95 foizga ko‘tarildi. O‘qish jarayonini amaliyot bilan bog‘lab borish uchun kafedra Samarqand viloyat oblpotrebsoyuzining Jomboy, Kattaqo‘rg‘on ulgurji savdo bazalarida o‘z filiallarini ochdi. Natijada ma’lum bir miqdorda hisoblash texnikasi, iqtisodiy axborotlarni mashinada ishlash, avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlari fanlari mana shu filiallarda amaliy ma’lumotlarda olib borilar edi. Shu davrlarda talabalar (buxgalterlar, iqtisodchilar) o‘z kurs, diplon ishlarini filiallardan olgan ma’lumotlar asosida bajarilar edilar. Oqibat natijada Nozir Aliyevich va Komil Baxromovich o‘zlarining nomzodlik dissertatsiyalarini aynan O‘zbekiston materiallari asosida bajardilar va Moskva Moliya akademiyasida va Moskva Xalq xo‘jaligi instituti (hozirgi G.V.Plexanov nomidagi Mlskva xalq xo‘jaligi akademiyasi) da muvaffaqiyat bilan yoqladilar.
            Kafedra faoliyatida ilmiy tadqiqot ishlariga katta e’tibor berildi. Qisqa muddat ichida (5 yil mobaynida) N.A.Ibragimov, V.I.ABdukarimov, A.K.Kadirov, K.B.Urazovlar iqtisod fanlari nomzodi unvoniga ega bo‘ldilar. Ilmiy darajadagi pedagoglarni jalb etish maqsadida Samarqand Davlat Universiteti amaliy matematika yo‘nalishi bo‘yicha bitirgan va nomzodlik darajasiga ega bo‘lgan Vafayev Mirobid Alimovich, Vafoyev Doniyor Atayevich va hali ilmiy darajaga ega bo‘lgan Baxramov Baxodir Aslanovichlar ishga qabul qilindilar.
            1980 yilning o‘rtalariga kelib kafedraning ilmiy faoliyatiga talabalarni jalb etish keng rivojlandi. Ular kafedraning ilmiy – tadqiqot ishlarida aktiv ishtirok etdilar va turli xil anjumanlarda qatnashdilar. Jumladan Lvov, Moskva, Novosibirsk, Karaganda Kooperativ institutlarida o‘tkazilgan yoshlar konferensiyalarda ma’ruzalar qildilar va ma’ruza materiallarini chop etdilar.
            1986 yili ilmiy – tadqiqot ishlar samarasi sifatida institutda kafedra tashabbusi bilan Butun Ittifoq ilmiy konferensiya o‘tkazildi va 15 b.t. ma’ruza matnlari chop etildi. Konferensiyada 30 ga yaqin pedagoglar: Moskva, Lvov, Gomel, Kiyev, Novosibirsk, Karaganda institutlaridan ishtirok etdilar. Konferensiya ikki kun davom etdi. Konferensiya takliflariga asosan Sentrsoyuz “Matlubot koperatsiyasi tizimida axborotlarni mashinada ishlash muammolari” nomli qaror qabul qilindi. Shu qaror asosida barcha kooperativ institutlari yangi – yangi hisoblash texnikalari bilan ta’minlandi. Aynan shu davrga kafedraga shaxsiy kompyuterlar bilan jihozlanib berildi. Aynan ana shu yili kafedrada chop etilgan ilmiy ishlar 102 b.t. ni tashkil etdi. Jumladan 2 ta o‘quv qo‘llanmasi va bir necha risolalar.
            Jamoat ishlaridagi faoliyati ham esda qoladigan darajada o‘tardi. Bir necha yil davomida fakultetning III yoki IV kurs talabalariga paxta mavsumida rahbarlik faqat kafedraga topshirilar edi. Aynan kafedra boshqargan brigada musobaqada ilg‘or o‘rinlarni egallar edi. Natijada kafedraning katta o‘qituvchsies M.B.Abbasovga “Jiguli” mashinasi ajratildi.
            Kafedra faoliyati davomida bir necha bor nomi o‘zgarib, boshqa kafedra bilan qo‘shilib, ajralib yurdi.
            Mana bular:
  •        1984 yil 30 iyundan boshlar rektorning 10 iyul 1984 yil buyrug‘i bilan kafedraning nomi “Ma’lumotlar avtomatlashtirilgan tizimda ishlash (ASOD)” deb o‘zgartirildi.
  •        20 fevral 1986 yilda rektorning 23 “D” buyrug‘i bilan kafedra “Axborot – hisoblash tizimi (IBS)” deb nomlandi.
  •        1988 yil 10 fevral 30 “D” buyrug‘i bilan kafedra institutning “Boshqaruvning ilmiy asoslari” kafedrasi bilan birlashtirildi va “Boshqaruv va axborot (avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi (ASU))” deb nomlandi. Endi kafedra o‘qituvchilari tarkibiga yangi ilmiy pedagoglar qo‘shildilar. Bular dotsent N.R.Zugurov, dotsent M.D.Hamraqulova, dotsent A.Yu.Azizova, dotsent Abdullayev D.N., katta o‘qituvchi N.I.Gazaryans, katta o‘qituvchi Sh.S.Sharafitdinova, assistent (kabinet mudiri) To‘xtayev Sobirjonlar edilar.
ü                   1989 yil 11 mart № 34 “L” buyrug‘i bilan kafedra ikkiga bo‘lindi va unga axborot – hisoblash tizimi (IBS) nomi berildi.
            R.A.Abdullayev kafedra tashkil etilgan kundan boshlab to 1995 yil iyuligacha kafedra mudiri bo‘lib ishlab keldi va juda ko‘p shogirdlar tayyorladi.
            1995 yilda kafedra “Menejment va axborotlar texnologiyalari” nomi bilan faoliyat ko‘rsatgan. Uning kafedra mudiri dotsent Zugurov N.R. bo‘lgan. 1998 yilda esa dotsent Zaynalov N.R. kafedrani boshqardi. 2001 yilda kafedra 2 ga bo‘lindi: “Axborot texnologiyalari”, “Menejment”.
            2001 yildan 2004 yilgacha “Axborot texnologiyalari” kafedrasiga dotsent Temirov O.G‘. mudirlik qilgan. Bu davrda kafedrada katta o‘qituvchilar Tog‘ayev Sh.S., Davronov A.E., Xudoynazarov N.U., assistentlar Boboqulov Yo.O., Sirliboyev V.X., Suvonqulov A.M., Jo‘raqulov J.D. lar faoliyat ko‘rsatgan.
            2004 yilda esa kafedrani vaqtinchaliq katta o‘qituvchi V.X.Sirliboyev boshqargan.
            2005 yildan 2013 yil iyungacha kafedrani dotsent A.I.Aliqulov boshqargan.
            2013 yil iyundan buyon kafedrani dotsent Zaynalov N.R. boshqarib kelmoqda.
            Ushbu yillarda kafedraning erishayotgan muvaffaqiyatlari juda ham salmoqli bo‘lib, ular quyidagilarda o‘z aksini topgan:
  • hozirgi vaqtda kafedrada 4 nafar dotsent (Aliqulov A.I., Zaynalov N.R., Burnashev V.F., Abdirashidov A.), 2 nafar katta o‘qituvchi (Jamanqulova F.E., Sirliboyev V.X.), 5 nafar assistent (Suvonqulov A.M., Ernazarov A.E. va boshkalar ), 2 nafar kabinet mudiri va 1 nafar laborant faoliyat ko‘rsatmoqda.
  • kafedrada 4 ta fan mavjud bo‘lib, ulardan 3 tasi bakalavriat talabalariga, 1 tasi magistratura talabalariga o‘tiladi.
  • kafedra fanlaridan asosan institutning 1 va 2 kurs talabalariga dars o‘tiladi. Bunda quyidagi fanlar mavjud: Informatika va axborot texnologiyalari, Axborot himoyasi va Internetdan foydalanish, Ta’limda axborot texnologiyalari, Axborot tizimlari (magistratura).
  • shu davrda 50 dan ortiq o‘quv – uslubiy qo‘llanma va ko‘rsatmalar tayyorlandi. Ulardan bir qismi leksiyalar kursi, ma’ruzalar matni, lug‘atlar, risolalardan iborat. Ilmiy ishlar yuzasidan esa nufuzli jurnallarda 20 dan ortiq ilmiy maqolalar, xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy anjumanlar to‘plamlarida 30 dan ortiq ma’ruza matnlari va tezislar chop etildi. Shu bilan birga kafedrada o‘qitiladigan barcha fanlardan o‘quv – uslubiy majmualar zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalari talablari asosida tayyorlandi.
  • iqtidorli talabalardan Bekchanov Xusenbay 2005 yilda bo‘lib o‘tgan Respublika fan olimpiadasida faxrli 2-chi o‘rinni egalladi, Usmonov Sultonbek 2009 yilda Respublika fan olimpiadasida faxriy yorliq bilan taqdirlandi, Nasirov Azamat 2011 yilda bo‘lib o‘tgan “Kelajak ovozi” ko‘rik tanlovining Samarqand viloyat bosqichi g‘olibi bo‘ldi. 2011 yilda 2 nafar talabalar Respublika fan olimpiadasida faol ishtirok etib, Abdullayev Sardor 4-chi o‘rinni, Farmonov Murod esa 3-chi o‘rinni egalladilar.
Fundamental ilmiy tadqiqotlar olib borish, ilmiy – tadqiqot ishlarini tadbiq etish natijasida bir qator ilmiy grantlar va xo‘jalik shartnomalari qilindi. Bular bir qator kasb – hunar kollejlari Veb-saytlarini yaratish, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga konsalting xizmatlarini ko‘rsatish shartnomalarida o‘z aksini topgan.
           Hozirgi kunda kafedrada 11 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
 
 
Kafedrada o‘qitiladigan fanlar:
 

Bakalavriat

1

Informatika va axborot texnologiyalari

2

Axborot himoyasi va internetdan foydalanish

3

Ta’limda axborot texnologiyalari

Magistratura

1

Axborot tizimlari

 
 
Kafedra professor – o‘qituvchilari va xodimlari:
 

1

Dotsent Burnashev Vladimir Fidratovich

2

DotsentAliqulov Abdumalik Ismatovich

3

DotsentAbdirashidov Obloqul

4

Dotsent Zaynalov Nodir Rasulovich (kaf.mud)

5

Katta o‘qituvchi t.f.n. Jamanqulova Fazilat Esirgapovna

6

Katta o‘qituvchi Sirliboyev Vohid Xayrullayevich

7

AssistentSuvonqulov Aminjon Mamatqulovich

8

AssistentErnazarov Alisher Ergashevich

9

AssistentJo‘raqulov Jamshid Davronovich

10

AssistentJumanov Vohid Islomovich

11

AssistentMuhammadiyev Abdunabi Nuraliyevich

12

Kabinet mudiri Suyarov Davron Rahimjonovich

13

Kabinet mudiri Xudayberdiyev Ulug‘bek Abdualimovich

14

Laborant O‘rozov Bektemir Ziyodullayevich

 
Kafedrada olib borilayotgan ilmiy ishlar:
Kafedraning “Iqtisodiyotda zamonaviy avtomatlashtirilgan axborot texnologiya tizimlarining taxlili va tadbiq qilish yo‘llari” mavzusi doirasidaolib borilayotgan ilmiy ishlar:
 
Loyiha nomi:              «Avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalari”                                                                 YUNESKO kafedrasi
                                      
Loyiha turi: ta’lim sohasida tadqiqotlar
Loyiha rahbari: Zaynalov N.R.
Loyiha bajaruvchilari:
                                 kafedra a’zolari
 
Muddati: chegaralanmagan
 
Kafedrada olib borilayotgan ilmiy – uslubiy ishlar:
 

Mualliflar

Ishning nomi

Turi

1

Zaynalov N.R., Jamanqulova F.E., Ernazarov A.E., Suvonqulov A.M.

Algoritmlarni tasvirlash usullari

Uslubiy ko‘rsatma

3

Zaynalov N.R., Jamanqulova F., Sirliboyev V.X., Suvanqulov A.M.

Kompyuterlarning arifmetik va mantiqiy asoslari

Uslubiy ko‘rsatma

4

ZaynalovN.R., Jamanqulova F., Suvanqulov A.M.

Algoritmik tillar va ularda dasturlashtirish usullari

Uslubiy ko‘rsatma

5

Burnashev V.F.

Obrabotka ekonomicheskoy informatsii s ispolzovaniyem tablichnogo protsessora MS Excel

Metodicheskoye ukazaniye

6

Burnashev V.F.

Sozdaniye prezentatsii v srede MS Power Point

Metodicheskoye ukazaniye

7

Zaynalov N.R., Jamanqulova F., Sirliboyev V.X., Suvanqulov A.M.

Yexkel elektronjadval bilan ishlash

Uslubiy ko‘rsatma

8

Zaynalov N.R., Jamanqulova F., Sirlivoyev V.X., Suvanqulov A.M., Ernazarov A.E.

Talabalarning mustaqil ishini tashkillashtirish va tayyorlash

Uslubiy ko‘rsatma.

9

Zaynalov N.R., Nazarov U.A., Jamanqulova F., Sirlivoyev V.X., Suvanqulov A.M., Ernazarov A.E.

Latex redaktorida ishlash asoslari

Uslubiy ko‘rsatma

10

Zaynalov N.R., Jamanqulova F., Ernazarov A.E., Suvanqulov A.M.

Taqdimotlar tayyorlash dasturi (Power Point) haqida

Uslubiy ko‘rsatma

11

Zaynalov N.R., Jamanqulova F., Suvanqulov A.M., Ernazarov A.E.

Kompyuter taroqlari haqida umumiy ma’lumotlar

Uslubiy ko‘rsatma

12

ZaynalovN.R., Jamanqulova F., Suvanqulov A.M.

Viruslar va unga qarshi himoya vositalari

Uslubiy ko‘rsatma

13

ZaynalovN.R., Jamanqulova F., Suvanqulov A.M.

Kompyuterning dasturiy ta’minoti

Uslubiy ko‘rsatma

14

Zaynalov N.R., Jamanqulova F., Suvanqulov A.M., Ernazarov A.E.

Elektron hujjat aylanishi va u bilan ishlash

Uslubiy ko‘rsatma

15

Zaynalov N.R., Jamanqulova F., Sirlivoyev V.X., Suvanqulov A.M.

Kompyuter tarmog‘ining asosiy komponentlari

Uslubiy ko‘rsatma

16

ZaynalovN.R., Jamanqulova F., Suvanqulov A.M.

Biznes Plan dasturida amaliy ishlashni o‘rganish

Uslubiy ko‘rsatma

17

Abdirashidov A., Zaynalov N.R., Jamanqulova F., Suvanqulov A.M.

Sodda makroslar yaratish

Uslubiy ko‘rsatma

18

Abdirashidov A., Zaynalov N.R., Jamanqulova F., Suvanqulov A.M.

Formulalar redaktori bilan ishlash

Uslubiy ko‘rsatma

19

ZaynalovN.R., Jamanqulova F., Suvanqulov A.M.

MS Power Point muhitida multimedia majmualarini yaratish

Uslubiy ko‘rsatma

20

ZaynalovN.R., Jamanqulova F., Suvanqulov A.M.

Hisoblash jarayonlarini dasturlashtirish usullari

Uslubiy ko‘rsatma

21

Zaynalov N.R., Suvankulov A.M.

“Texnologiya sozdaniya lokalnix vichislitelnix setey

Metodicheskoye ukazaniye

22

Abdirashidov A., Xo‘jamov X.S., Abdurashidov A.A.

O‘qqa nisbatan simmetrik egiluvchan doiraviy plastinkaning mustahkam-ligi va bikrligini hisoblash va uning ishga yaroqliligini baholashning analitik usuli

Maqola

23

Burnashev V.F.

O nekotorix osobennostyax vzaimodeystviya kisloti s korbonatnimi kollektorami

Maqola

24

Aliqulov A.I., Zaynalov N.R.

Abdirashidov A.,

Formirovaniye informatsionno-kompyuternie kompetensii sovremennogo ekonomista

Maqola

25

Aliqulov A.I., Zaynalov N.R.

Abdirashidov A.,

Formirovaniye informatsionnoy kompetennosti spesialista v vuze

Maqola

26

Zaynalov N.R.

Problemiprepodavaniyainformatiki

Statya

27

Yakubov K.A.,

Zaynalov N.R

Texnikaviy matnlarni tarjimasida microsoft word dasturi muhitida yaratilgan   tarjimon makrosini qo‘llash asoslari

Maqola

28

Xo‘jayorov B.X.

Jamanqulova F.E.

Zadacha kolmatatsionno-suffozionnogo perenosa veshestv v dvuxzonnoy poristoy srede s uchetom predelnogo suffozionnogo gradiyenta davleniya

Maqola

29

Burnashev V.F.

Model termokislotnoy obrabotki dolomitovogo kollektora pizaboynoy zoni neftyanogo plasta s uchetom kolmatatsii porodi

maqola

30

Xo‘jayorov B.X., Maxmudov J.M., Jamanqulova F.E.

Filtratsiya suspenzii v poristoy srede podvijnoy i nepodvijnoy jidkostyu

maqola

31

Xo‘jayorov B.X., Burnashev V.F.

Model kislotnoy obrabotki karbonatov s uchetom kolmatatsii porodi

Maqola

 
Kafedra manzili: Amir Temur ko‘chasi, 9-uy,Rektorat binosi, 1 qavat 25 xona
 

Shaxsiy sahifaga kirish

virtualqabulxona

eletronkutubxona

moodle

darsjadvali

talabalarreytingi

©2017 Your Company. All Rights Reserved. Designed By JoomShaper